Surxondaryoda 4 balli zilzila qayd etildi
Surxondaryo viloyatida 4 balli zilzila sodir boʻldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 16-aprel kuni soat 04:14 da qoʻshni Afgʻoniston hududida 6,3 magnitudali yer silkinishi qayd etilgan.
Zilzila epitsentri Toshkentdan 570 km janubi-sharqda joylashgan, uning magnitudasi 6,3 ga teng. Yer qimirlashi 100 km chuqurlikda sodir boʻlgan. Tabiiy hodisa epitsentri, Taxorda 4 balli silkinish qayd etilgan.
Shuningdek, Oʻzbekiston hududida sezilish kuchi:
- Surxondaryo viloyatida 4 ball, 295 km;
- Fargʻona viloyatida 3 ball, 480 km;
- Samarqand viloyatida 3 ball, 484 km;
- Jizzax viloyatida 3 ball, 485 km;
- Sirdaryo viloyatida 3 ball, 495 km;
- Qashqadaryo viloyatida 3 ball, 497 km;
- Andijon viloyatida 3 ball, 539 km;
- Namangan viloyatida 3 ball, 545 km;
- Toshkent shahrida 2 ball, 570 km.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring