Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

Urunov Bahodir Ibatovich — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining tegishli buyrugʻi bilan Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
B.Urunov 1974-yilda Shoʻrchi tumanida tugʻilgan. 1997-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi — kimyogar.
Mehnat faoliyati davomida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasida boshliq oʻrinbosari, boshqarma boshligʻi hamda Tabiat resurslari vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish va ichki audit boʻlimi boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish, komplaens va ichki audit boʻlimi boshligʻi lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring