Suriyaning hech qachon ikkinchi Afgʻonistonga aylanmasligi iddao qilindi
Suriyada prezident Bashar Asad rejimini agʻdargan “Hayʼat Tahrir ash-Shom” rahbari Al-Juloniy mamlakatning kelgusi taqdiri haqida fikr bildirdi. Suriya urushdan charchagan va qoʻshnilari yoki Gʻarb uchun hech qanday xavf tugʻdirmasligini aytib oʻtdi. Bu haqda Al-Juloniy BBCga bergan intervyusida maʼlum qildi.
“Hayʼat Tahrir ash-Shom” hech qachon tinch aholiga yoki fuqarolik hududlarga hujum qilmagan. Aslida ular oʻzlarini Asad rejimi jinoyatlarining qurbonlari deb hisoblaydi. Jabrlanganlarga zolimlar kabi munosabatda boʻlishni toʻxtating, HTSHni terroristik tashkilotlar roʻyxatidan chiqaring», — deydi Juloniy.
“Hayʼat Tahrir ash-Shom” oʻz faoliyatini 2016-yilda “Al-Qoida”dan ajralib chiqqan holda boshlagan. Bugungi kunda BMT, AQSH, Yevropa ittifoqi, Buyuk Britaniya, Rossiya va boshqa koʻplab mamlakatlar “Hayʼat Tahrir ash-Shom”ni terroristik tashkilotlar roʻyxatiga kiritgan.
Al-Juloniy Suriyani Afgʻonistonga oʻxshatish haqidagi shubhalarga ham keskin fikr bildirib oʻtdi. Unga koʻra, bu mamlakatlar juda farqli va turli anʼanalarga ega. Suriyada mentalitet boshqacha.
Juloniyning fikricha, Suriya kelajagi uchun ayollar taʼlimi juda zarur. Kelajakda ham ayollar taʼlimiga alohida eʼtibor qaratiladi. Sakkiz yildan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritib kelayotgan Idlibdagi universitetlarda koʻplab ayollar taʼlim olgan. Bugungi kunga kelib universitetlardagi ayollarning ulushi 60 foizdan yuqoriroqni tashkil qiladi.
“Suriyada huquqshunoslardan iborat qoʻmita tashkil etilib, unda yangi konstitutsiyani ishlab chiqamiz. Har qanday hukmdor yoki prezident qonunga boʻysunishi shart. Suriya hech qachon ikkinchi Afgʻonistonga aylanmaydi”, — deya qatʼiy taʼkidlaydi Juloniy.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring