Suriyadagi harbiy maktabga qilingan hujum oqibatida 100 kishi halok boʻldi

01:45 06 Oktyabr 2023 Dunyo
663 0

Foto: РИА «Новости»

Suriyaning Xoms shahridagi harbiy maktabga uchuvchisiz uchoq tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida halok boʻlganlar soni 100 kishiga yetgan. Bu haqda Suriya Inson huquqlari kengashiga tayanib, “Al Hadath“ telekanali xabar bermoqda.

Qurbonlar va jarohatlanganlarning aksariyati maktabga taklif qilingan suriyalik askarlarning qarindoshlari hisoblanadi. Ular orasida ayollar va bolalar ham borligi maʼlum qilindi.

Bitiruv marosimida Suriya Mudofaa vaziri Ali Mahmud Abbos ham ishtirok etgan. Tantanali tadbir 1973-yilgi arab-isroil urushining 50 yilligiga toʻgʻri keldi.

Shu yilning 3-oktyabr kuni Isroil mudofaa kuchlari Suriya qurolli kuchlarining mamlakat sharqida joylashgan pozitsiyalariga havodan zarbalar berdi. Hujum natijasida 2 nafar suriyalik askar yaralandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер