Sportchilar uchun antidoping taʼlim elektron platformasi yaratiladi
“Maʼmuriy islohotlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Prezident qarori (PQ–149-son, 08.05.2023-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi etib qayta tashkil qilindi.
Milliy antidoping agentligi, jumladan:
— respublika ijro etuvchi hokimiyat organi maqomiga ega boʻlib, oʻz faoliyatida Prezident hamda Vazirlar Mahkamasiga hisobdordir;
— Butunjahon antidoping agentligining talablari va qoidalari bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi hamda tezkor joriy etadi.
Qarorga muvofiq, vazirlik va idoralarda yagona mehnatga haq toʻlash tizimi joriy qilingunga qadar 2023-yil 15-maydan Milliy antidoping agentligi xodimlariga quyidagi miqdorda koʻp yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama toʻlanadi (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda):
— 1 yildan 3 yilgacha – 0,3;
— 3 yildan 5 yilgacha – 0,6;
— 5 yildan 10 yilgacha – 0,8;
— 10 yildan 15 yilgacha – 1;
— 15 yildan 20 yilgacha – 1,2;
— 20 yildan yuqori – 1,5.
Respublikada va xorijda oʻtkaziladigan musobaqalarda doping-sinamalar olish huquqiga ega boʻlgan xalqaro toifadagi doping ofitserlarni Xalqaro test agentligida (International Testing Agency) oʻqitish yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, antidoping nazorati va monitoringi sohalari raqamlashtiriladi. Bunda:
— doping-test va doping nazoratini tashkil qilish, sportchilar haqida maʼlumotlarni toʻplash va saqlashga oid sportchining “biologik pasporti” (ABP) onlayn tizimi joriy etiladi;
— sportchilar uchun antidoping taʼlim elektron platformasi yaratiladi;
— bosqichma-bosqich Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platformasi joriy etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring