Sport maktabi trenerlarining ish haqi 35 foizga oshiriladi
Foto: president.uz
Prezident raisligida sportni ommalashtirish, sport taʼlimini yaxshilash va iqtidorli sportchilarni tayyorlash boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Yangi tizim Buxoro viloyati misolida tushuntirildi. Jumladan:
— har bir mahallada ikkita mavsumda (aprel-iyun, sentyabr-dekabr) musobaqalar tashkil etilib, yaxshi natija koʻrsatgan yoshlar sport boʻlimi va yoshlar yetakchisi tomonidan elektron roʻyxatga kiritiladi;
— bu yoshlar viloyatdagi 19 ta sport maktabining maxsus guruhlarida (8 oygacha) murabbiylar bilan bepul shugʻullanadi;
— maxsus guruhlardagi professional sportga salohiyati bor yoshlar yoʻnalishiga koʻra viloyatdagi 4 ta ixtisoslashgan maktabga qabul qilinadi (suzish, yakkakurash, oʻyin turlari va yengil atletika, badiiy gimnastika);
— sport maktabi trenerlarining ish haqi 35 foizga oshiriladi. Bundan tashqari, yaxshi natija koʻrsatgan maktab direktorlari, trenerlar va boshqa mutaxassislarga qoʻshimcha 50 foizgacha ustama toʻlanadi;
— jamoaviy sport turlari boʻyicha hududiy chempionatlarda sportchilari gʻolib boʻlgan trenerlarga 5 foiz, respublika chempionatida – 20 foiz ustama beriladi;
— viloyatdagi sport maktablari ixtisosligiga qarab olimpiya sport turlari boʻyicha bazaga aylantiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring