“Soʻnggi qoʻngʻiroq” sadolari – fotoreportaj

15:18 24 May 2025 Jamiyat
1120 0

Foto: «Xalq so‘zi»

Bugun Oʻzbekistonning barcha maktablarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” sadolari yangradi. Bu — faqat bir oʻquv yili yakuni emas, balki har bir bitiruvchining hayotida muhim burilish nuqtasi, oʻziga xos ramziy daqiqadir.

“Soʻnggi qoʻngʻiroq” kuni maktablarda tantanali tadbirlar, bayramona chiqishlar, bitiruvchilarning oʻqituvchilarga, ota-onalarga minnatdorchilik soʻzlari, sheʼr va qoʻshiqlar ijrosi boʻlib oʻtadi. Bitiruvchilar kichik sinf oʻquvchilarining tilaklarini tinglab, maktab bilan vidolashadi.

“Soʻnggi qoʻngʻiroq” – bu nafaqat bir bosqichning yakuni, balki katta hayotga ochilayotgan yangi eshikdir.

“Xalq soʻzi” muxbirlari Toshkent shahrining 202-, 142- va 196-sonli maktablarida oʻtkazilgan bayram tadbirlaridan fotoreportaj tayyorladilar. Har bir surat yoshlik ruhi, ustozga hurmat, doʻstlik va orzular aks etgan muhrli lahzalardir.

Фото: «Халқ сўзи»

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?