Soliq idoralari kuch ishlatar tashkilot emas — Kudbiyev xalqdan uzr soʻradi
Ijtimoiy tarmoqlarda soliq xodimlari ekanligi aytilayotgan erkaklarning ayollar bilan tortishuvi aks etgan video tarqaldi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev mazkur holatga munosabat bildirdi.
«Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Olmaliq shahrida boʻlgan noxush hodisa biz uchun juda uyatli. Bu bizning shaʼnimizga, soliq xizmatining vazifalariga toʻgʻri kelmaydigan hodisa.
Men oʻzim sizlarga shaxsan vaʼda qilaman, men ayni vaqtda Samarqand shahrida xizmat safaridaman, qaytib borishim bilan voqea sodir boʻlgan joyga oʻzim boraman. Lekin ungacha kutmasdan mazkur hodisada oʻzini nooʻrin tutgan va nooʻrin xizmat vazifasini bajargan xodimlarga nisbatan tegishli jazo choralari koʻriladi», dedi qoʻmita raisi.
Shuningdek, Sherzod Kudbiyev bu holat soha xodimlariga umuman yarashmasligini qayd etgan.
“Soliq idoralari kuch ishlatar tashkilot emas, balki tadbirkorlarimizga koʻmakchi boʻladigan idora. Bunday ayanchli holatlar yuz beryapti va biz buni ildizi bilan yulib tashlashimiz kerak. Koʻrilgan choralar toʻgʻrisida sizlarga qoʻshimcha axborot beramiz. Bunday holat yuz bergani uchun, mana shunday xodimlar oramizda borligi uchun fuqarolarimiz, butun xalqimizdan uzr soʻrayman”, deya murojaatini yakunlagan Sherzod Kudbiyev.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring