Sogʻliqni saqlash vazirligi: Koronavirusga chalingan bemorlardan yana toʻrt nafari sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi(Foto)
Yana bir xushxabar. Bugun koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlardan yana toʻrt nafari butunlay sogʻaydi. Ularning bir nafari BAAning Dubay shahridan, yana bir nafari Turiyadan kelgan, qolgan ikki nafari esa koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemor bilan yaqin muloqotda boʻlgan fuqarolardir. Ularni Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov va boshqa masʼullar Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatishdi.
Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, ushbu bemorlarning sogʻayishida Virusologiya ilmiy-teshirish instituti klinikasi jamoasining bahamjihat boʻlib, zimmasiga yuklangan ulkan masʼuliyatni chuqur his etgan holda, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning shifo topishi uchun astoydil kurashayotgani muhim ahamiyat kasb etayapti. Buning uchun shifoxonada barcha sharoit yaratilgan, dori-darmon, zamonaviy tibbiy texnologiyalar, himoya vositalari bilan taʼminlangan.
Yana bir eʼtiborli jihati, ayni murakkab vaziyatda tajribali shifokorlarimiz tomonidan bemorlarni davolashda dunyo tajribasi, xususan, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalari, koronavirus infetsiyasini jilovlay olgan Xitoy, Janubiy Koreya kabi davlatlarning amaliy ishlari oʻrganilib, amaliyotda qoʻllanilmoqda. Har bir bemorga ilmiy asosda yondashilib, standartlar boʻyicha davolash choralari koʻrilmoqda.
Shuningdek, klinika jamoasining pulmonologiya, kardiologiya, terapevt, endokrinologiya kabi qator ixtisoslashgan soha mutaxassislari bilan telemuloqot oʻrnatgani ham koronavirus infetsiyasiga qarshi kurashda qoʻl kelayotir. Tor mutaxassislar bilan hamkorlikda bemorlarning holati yuzasidan maslahatlashish, aniq tashxis qoʻyish va davolash imkonini berayapti. Shu kabi qator omillar aksariyat bemorlar ahvolining yaxshilanishiga olib kelmoqda, sogʻayishi tezlashmoqda. Ayni lahzada tuzalgan bemorlarimizning quvonchi cheksiz. Ularning tabassumi, minnatdorli soʻzlari zahmatkash tibbiyot xodimlarining mehnatiga eng yuksak baho boʻlsa, ajab emas.
Eslatib oʻtamiz, hozirda nafaqat poytaxtimizda, balki viloyatlarda ham tibbiyot xodimlari koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning sogʻayib ketishlari uchun bor mahoratlarini ishga solgan holda qahramonlarcha kurashmoqda.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Oston Oʻrunov Eron chempionatidagi eng qimmat futbolchiga aylandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring