Sogʻliqni saqlash vaziri Surxondaryodagi oilaviy poliklinikalarda boʻldi

Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Sogʻliqni saqlash vaziri Angor tumanida boʻlib, sohada olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Dastlabki manzil tumandagi “Qoʻzi Toʻlakov” oilaviy poliklinikasi boʻldi. Mazkur oilaviy poliklinikada Bahor va Ilgʻor mahallalarida yashovchi 9 ming nafardan ziyod aholiga tibbiyot xizmat koʻrsatiladi. Poliklinikada stomatolog, ginekolog, xirurg hamda UTT mutaxassislari faoliyat olib boradi.
Vazir poliklinikada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, patronaj hamshiralari bilan suhbatlashdi.
Tuman hokimligi majlislar zalida tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv davomida tibbiyot sohasida Surxondaryoda olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tavsiya va topshiriqlar berildi. Sohada samarali mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlari tashakkurnoma va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi. Viloyatning shahar va tumanlarida faoliyat olib borayotgan patronaj hamshiralariga elektromopedlar topshirildi.
Shuningdek, Respublika tez tibbiy yordam markazi Surxondaryo viloyati filialiga qarashli Angor tumani tez tibbiy yordam stansiyasining yangi binosining foydalanishga topshirilishi marosimida vazir ishtirok etdi.
Ushbu bino qurilishi uchun “Tashabbusli byudjet” loyihasi orqali ovoz toʻplanib, 1 milliard 340 million soʻm mablagʻ qoʻlga kiritilgan edi. Ushbu mablagʻ maqsadli sarflanib, qisqa fursatda yangi tez tibbiy yordam stansiyasi binosi barpo etildi.
Tadbir doirasida muassasaga “Volkswagen Caddy” rusumli zamonaviy tez tibbiy yordam mashinasi topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring