Sloveniyada prezidentlik saylovi boʻlib oʻtdi
23-oktyabr kuni Sloveniyada prezidentlik saylovi boʻlib oʻtdi. Sloveniyada mojaritar saylov tizimi amal qiladi. Agar nomzodlarning birortasi ham 50+1 foiz ovoz ololmasa, 13-noyabr kuni ikkinchi tur saylovlar boʻlib oʻtadi.
Sloveniya saylov qonunchiligiga koʻra prezidentlikka nomzodini qoʻygan shaxs quyidagi uchta talabdan birini bajarishi zarur:
1. Milliy assambleya aʼzolarining 10 nafari nomzodni qoʻllashi
2. Bir yoki bir qancha partiyalarning, Milliy assambleyaning 3 nafar aʼzosining yoki 3000 nafar saylovchining qoʻllashi
3. 5000 nafar saylovchining qoʻlloviga ega boʻlishi kerak.
Har bir siyosiy partiya faqatgina bitta nomzodni qoʻllab-quvvatlashi mumkin. Bu yilgi saylovda 7 ta nomzod prezidentlik uchun kurashdi.
Sloveniya Davlat saylov komissiyasi maʼlumotlariga koʻra 99.93% ovozlar sanab chiqilgan. Saylovda ishtirok etganlar 51.06% tashkil etmoqda. Hozirda nomzodlar orasida Anze Logar 33.96%, Natasha Musar 26.87% ovoz olib ikkinchi tur saylovda ishtirok etishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring