Sizlar hokimga xushomad qiladigan tashkilot emassizlar! — Prezident Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tanqid qildi
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni rivojlantirish va joriy yilda aholi bandligini taʼminlash dasturi ijrosi boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Unda Prezident Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tanqid qildi. Bu haqda “Maxsus rakurs” dasturi xabar berdi.
«Joriy yilning birinchi choragida 27 ming yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etdik. Lekin Qosimov va Ikramov qattiqroq ishlaganida bu raqam 50 ming boʻlsa boʻlardi. Men sizlardan juda koʻp narsa kutyapman. Nima kerak boʻlsa, nima qaror, farmon qabul qilish kerakki birinchi chorakda 27 ming emas 50 ming boʻlishi kerak.
Odamlar oʻtgan yildan qiynalib chiqdi. Shuni inobatga olib biz oʻz sharoitimizdan kelib chiqib imkoni bor yordamni koʻrsatdik. Sizlar hokimga xushomad qiladigan tashkilot emassizlar! Har kuni hokimning koʻziga balodek koʻrinadigan tashkilot boʻlishingiz kerak. Boʻlmayapti! Mana bu yerda elektr yoʻq, mana bu yerda kredit yoʻq, mana bu yerda soliqchi qiynab yubordi, bu yerda gaz yoʻq, yoʻl yoʻq. Bu yerda boʻsh yer turibdi shuni yozing, menga yozinglar. Sizlarda shunday vakolat bor-ku. Qani u vakolat? Men indamasam qolib ketadi, mana shu 27 ming kelgusi chorakda 15ga tushadi, 3-chorakda 10ga tushadi. Yana eski hammom, eski toz boʻlamiz», deya davlat rahbari mutasaddilarni keskin tanqid qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring