Sirdaryoda qovundan bir necha mahsulot olinmoqda

Oʻzbekiston qovunlarining eksport geografiyasi yil sayin kengaymoqda. Shu bilan birga, endilikda undan olinayotgan mahsulotlar ham xorij bozorlarida sotilmoqda.
Xovos tumanining Oqchangal mahallasi ahli tayyorlayotgan qovunqoqilar Yevropa mamlakatlarigacha yetib borgani ham eʼtiborga molik. Bu natijaga qovunlarining shirinligi bilan bir qatorda undan yuqori sifatli quruq meva, yaʼni qovunqoqini xaridorgir qilib tayyorlashni puxta egallash tufayli erishildi.
Ayni paytda Oqchangalda qovunning poʻchogʻi ham quritilib, chorva uchun toʻyimli ozuqaga aylantirilayotir. Urugʻi esa kosmetika sanoatining noyob xomashyosi sifatida xarid qilinmoqda.
— Qovun yetishtirish va undan qovunqoqi hamda boshqa mahsulotlar tayyorlash aholimizning drayver faoliyat turi hisoblanadi, — deydi mazkur mahalla fuqarolar yigʻini raisi Asatillo Norjigitov. – Dehqonlarimiz koʻp yillardan buyon ushbu poliz ekinini oʻstirib keladi. Shu bois uzoq-yaqinda mahallamiz usta qovunchilar manzili sifatida tanilgan. Kelgusida ayni faoliyatimiz asosida sayyohlik manzillari ham tashkil etish niyatidamiz.
Ahmadali ShERNAZAROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring