Sirdaryoda Prezident tashrifi chogʻida belgilangan vazifalar ijrosiga bagʻishlangan 10 dan ziyod tadbir boʻlib oʻtdi
Foto: "Xalq so'zi"
“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Kecha Sirdaryo viloyatida Prezidentimiz tashrifi mobaynida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashga qaratilgan oʻndan ziyod tadbir boʻlib oʻtdi.
Jumladan, taʼlim muassasalarida yoshlar nashrlari vakillari, Boyovut va Xovos tumanlarida taniqli sanʼatkorlar bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Guliston tumanida sport inshootiga poydevor qoʻyilgan boʻlsa,Guliston shahrida namunaviy kitob doʻkonlari qurilishi boshlandi. Shu bilan birga, Madaniyat vazirligi tomonidan Boyovut tumanidagi musiqa va sanʼat maktabiga musiqa jihozlari topshirildi.
“Yoshlar ovozi”, “Molodyoj Uzbekistana” gazetalari, “Yosh kuch” hamda “Dugonalar” jurnallari ijodkorlari bilan Guliston shahridagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazida tashkil etilgan taʼlim muassasalari oʻquvchilari ishtirokidagi muloqotda yoshlarning maʼnaviy –maʼrifiy bilim va dunyoqarashlarini kengaytirishda bosma ommaviy axborot vositalari alohida ahamiyatga egaligi haqida gap bordi.
Ayni chogʻda oʻsib kelayotgan avlod oʻrtasida ular uchun moʻljallangan gazeta-jurnallar mutolaasi talab darajasida emasligi ham aytildi.Xususan, suhbat asnosida “Kim “Yosh kuch” jurnalini muntazam oʻqib boradi?”degan savolga ishtirokchilardan sanoqlisigina ushbu nashr mushtariyi ekanligini bildirdi . Shu maʼnoda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan Sirdaryo viloyatidagi kam taʼminlangan oilalar farzandlari uchun “Xalq soʻzi”, “Yoshlar ovozi” “Mododyoj Uzbekistana “ gazetalari, “Yosh kuch”, “Dugonalar” jurnallariga jami 5 ming nusxa bepul obuna tashkil etilganini ibratli tashabbus boʻldi deyish mumkin. Tadbirda bir guruh yoshlarga ana shu obuna guvohnomalari topshirildi.
Shundan soʻng xalq taʼlimi tizimidagi tuman-shaharlardagi kutubxonalarga 3 ming nusxa turli adabiyotlar yuklangan “Kitob karvoni”ni kuzatish tantanasi boʻlib oʻtdi. Mazkur kitoblar Prezidentimiz tashrifi chogʻida taqdim qilingan Sirdaryo viloyatida kitobxonlikni targʻib qilish boʻyicha konsepsiya doirasida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi “Ijod” fondi tomonidan tuhfa qilindi. Yil oxirigacha esa 300 mingta turli adabiyotlar oʻquv muassasasalari kutubxonalari tokchalaridan joy oladi.Shuningdek, viloyatdagi 221 ta mahalla ziyo maskanlariga 100 tadan adabiyot beriladi. Va respublikamizda nashr qilinadigan bir necha nomdagi bosma nashrlarga obuna qilinadi.
Guliston shahrida boʻlib oʻtgan yana bir tadbir esa, zamonaviy “Yoshlar markazi” qurilishiga tamal toshi qoʻyishga bagʻishlandi. Keng –moʻl maydonda barpo etiladigan mazkur koshona meʼmoriy jihatdan ham , unda yaratiladigan sharoitlar borasida ham oʻxshashi yoʻq boʻlishi kutilmoqda.Unda 22 ta toʻgarak faoliyat yuritadi,xususan yoshlarning axborot texnologiyalari bilan yanada mukammal shugʻullanishlariga alohida eʼtibor qaratiladi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi Q. Quronboyev, Sirdaryo viloyati hokimi Gʻ. Mirzayev ishtirok etdilar va soʻzga chiqdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- “Oʻzbekiston – dunyoga hali ochilmagan ilm xazinasi” — Xalqaro avtomobil federatsiyasi Prezidenti
- Ona tili va adabiyot fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar roʻyxati eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring