Sirdaryoda yoʻlovchi poyezdi 22 yoshli ayolni ikkiga boʻlib yubordi

13:12 28 May 2021 Jamiyat
1835 0

Joriy yilning 24-may kuni soat 13-30 larda Sirdaryo viloyati IIB TXTB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga koʻra, «Xovos-Toshkent» yoʻnalishidagi yoʻlovchi elektropoyezdi Xovos aylanma yoʻlining 2 km 6 piketida 25-30 yoshlar atrofidagi shaxsi nomaʼlum ayol kishini urib yuborganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ushbu ayol 1999-yilda tugʻilgan Xovos tumani Gulbahor MFYda yashagan T.Sh. ekanligi hamda oʻzining ehtiyotsizligi oqibatida elektropoyezd urib yuborganligi aniqlangan. Ayol tanasi ikkiga boʻlinib, oqibatda voqea joyida vafot etgani aytilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер