Sirdaryoda mashina oʻgʻirlagan ikki yigit Boʻkada IIB xodimini pichoqladi
Foto: Kun.uz
Sirdaryoda 18 yoshli ikki yigit mashina oʻgʻirlab, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga hujum qildi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, hodisa 2-avgust kuni sodir boʻlgan. Samarqand shahrida ikki yigit bir avtomashinaga yoʻlovchi sifatida oʻtirgan. Soʻngra Sirdaryo viloyati hududida haydovchi mashinadan tushgan vaqtda, ular avtomobilni oʻgʻirlab qochishgan. Izlarni yoʻqotish maqsadida ular mashina raqamlarini yechib tashlagan.
03:15 da avtomobil oʻgʻirligi haqida xabar tushgan va shundan soʻng ularni qoʻlga olish boʻyicha maxsus operatsiya boshlangan.
Toshkent viloyatining Boʻka tumanida yoʻl harakati qoidalarini buzgan ushbu shaxslarni toʻxtatishga urinayotgan IIB xodimi boʻyni pichoq bilan jarohatlangan. Undan soʻng yigitlar birinchi avtomobilni tashlab ketib, xodimning xizmat avtomashinasi — Matizʼni oʻgʻirlab qochishgan.
Ohangaron shahrida esa YPX xodimining toʻxtash toʻgʻrisidagi talabini inkor etgan holda, uni urib ketishgan.
Shundan soʻng gumonlanuvchilar ushlandi. Ular Jinoyat kodeksining 267-moddasiga koʻra, transport vositasini olib qochish 5-yildan 20-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring