Sirdaryoda YTHga uchragan “Cobalt” majaqlanib, yonib ketdi

12:48 17 Iyul 2025 Jamiyat
162 0

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida yoʻl-transport hodisasiga uchragan “Cobalt” yonib ketdi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, voqea kecha, 16-iyul kuni soat 17:10 larda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hududidan oʻtuvchi Xalqaro ahamiyatdagi M-34 avtomobil yoʻlining 122-kilometrida sodir boʻlgan.

1991-yilda tugʻilgan haydovchi R.N. turmush oʻrtogʻi R.O.ga tegishli boʻlgan “Cobalt” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yoʻqotgan va yoʻl chetidagi beton toʻsiqqa urilgan.

YHXBga koʻra, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер