“Sirdaryoda biznes qiling” xalqaro investitsiya forumi boʻlib oʻtmoqda

Guliston shahrida Sirdaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkorligida “Sirdaryoda biznes qiling” xalqaro investitsiya forumi boshlandi.
Tadbirda 20 ta davlatdan 300 nafar xorijiy investor, 200 dan ortiq mahalliy tadbirkor, bir necha davlatlarning mamlakatimizdagi elchixonalari vakillari, shuningdek, hamkor hududlarning delegatsiyalari ishtirok etmoqda.
Forum avvalida viloyatning investitsiyaviy imkoniyatlarini yorituvchi videorolik namoyish etildi. Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov mazkur forum mamlakatimiz va viloyat taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega tadbirlardan biri boʻlishini taʼkidladi.
Forumda soʻzga chiqqanlar Oʻzbekistonda savdo va investitsiya uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlarni eʼtirof etdi hamda hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida maʼlumot berdi.
Tadbir doirasida hududning istiqbolli investitsiya loyihalari taqdimoti oʻtkazilib, V2V va V2G formatda uchrashuvlar tashkil etildi. Shuningdek, mehmonlar Guliston shahrida boʻlib oʻtayotgan “Qovun sayli”da Sirdaryoda yetishtirilayotgan Oʻzbekiston qovunlari hamda boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan tanishdi.
Forum doirasida viloyatdagi erkin iqtisodiy zonalarda xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar bilan tanishish ham koʻzda tutilgan.
Ahmadali ShERNAZAROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring