Sirdaryo viloyati hokimi Malayziyada yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazmoqda
Ayni kunlarda Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Malayziya poytaxti — Kuala-Lumpur shahrida xizmat safari bilan boʻlib turibdi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Xizmat safari dasturidan Malayziyaning qator yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazish, shuningdek, sirdaryolik va malayziyalik tadbirkorlar ishtirokida “Sirdaryoda biznes qiling!” shiori ostida biznes-forum tashkil etish oʻrin olgan. Unda oʻzaro manfaatli investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari atroflicha muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Viloyat hokimining Kuala-Lumpurdagi dastlabki uchrashuvi Amli Mountain (M) Sdn. Bhd. kompaniyasi taʼsischisi Jayasimman Jayasingham bilan boʻlib oʻtdi. Muzokaralar davomida raqamli texnologiyalar, tibbiyot va turizm sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari batafsil muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi.
Eslatib oʻtish joizki, Sirdaryo viloyati delegatsiyasi mazkur xizmat safari doirasida Janubiy Koreya va Yaponiyada ham boʻlib, oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qator muzokaralar oʻtkazgan hamda keng koʻlamli kelishuvlarga erishgan.
Ahmadali ShERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring