Sirdaryo teatri ijodkorlari olis hududlarda ham spektakllar namoyish etmoqda

12:47 13 Oktyabr 2025 Jamiyat
219 0

Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri yosh ijodkorlari tomonidan Guliston shahridagi 18-umumtaʼlim maktabida “Doniyorning sarguzashtlari” ertak-spektakli namoyish etildi. Aytish lozimki, teatrning ayni sayyor namoyishlari yana koʻplab oʻquv muassasalari, dam olish maskanlari, tuman-shaharlar madaniyat markazlari va saroylarida, turli hududlarda ham boʻlib oʻtmoqda.

— Ijodiy safarlarimiz tufayli olis hududlardagi aholining teatr sanʼatidan bahramand boʻlishiga qulay sharoit va imkoniyat yaratilmoqda, — deydi yosh isteʼdodli aktyor Qandiyor Rustamov. — Joylarda qoʻyilayotgan spektakl namoyishlari har doim tomoshabinlar bilan gavjum boʻlayotir. Eʼtiborlisi, spektakl va konsertlar namoyishi oʻtkazilgan hududlardan yana shunday tomoshalar tashkil etishimiz boʻyicha takliflar tushmoqda. Bu albatta, xalqimizning teatr sanʼatiga boʻlgan katta qiziqishi va mehridan dalolat.

Mazkur teatr ijodkorlari joriy yil oktyabr oyi boshida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm va Navoiy viloyatlarining chekka hududlarida ham gastrol safarida boʻldi.

Ahmadali ShERNAZAROV

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер