Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasining ham “yashil stansiyasi” bor
Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasida joriy yilning 6 oyida 934 ming kVt/soat elektr energiyasi iqtisod qilindi. Aytish lozimki, ushbu tejalgan quvvat miqdori 4 673 ta xonadonning bir oylik ehtiyojiga teng. Qolaversa, shuncha elektrni ishlab chiqarishga sarflanadigan 260,3 ming kubometr tabiiy gaz ham tejaldi. Bu natijalarga nurxonaning “yashil” stansiyasi, yaʼni 2022-2025-yillar davomida oʻrnatilgan umumiy quvvati 1.9 MVtli quyosh panellari tufayli erishildi.
Bundan tashqari, umumiy hajmi 6 200 litr boʻlgan 31 ta quyosh suv isitish qurilmalari orqali korxonaning asosiy va yordamchi binolariga joriy yilda 15 Gkaldan ziyod issiqlik energiyasi yetkazib berildi. Shuning evaziga 2,4 ming kubometr tabiiy gaz tejaldi.
— Ayni paytda “yashil” energiya korxonamiz xodimlarining xonadonlariga ham kirib bormoqda, — deydi Sirdaryo IES bosh direktori Bahrom Sobirov. — Shu yil fevral oyidan boshlab foizsiz imtiyozli ssuda asosida jamoamiz aʼzolarining uylariga quyosh panellari oʻrnatib berilayotir. Hozirga qadar 113 ta oila ana shunday qulay va uzluksiz energiya taʼminotiga ega boʻldi.
Ahmadali SHERNAZAROV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring