Shveysariya Putinni Zelenskiy bilan muzokaralarga kelsa, hibsga olmaslikka vaʼda berdi
Shveysariya tashqi ishlar vaziri Inyatsio Kassisning aytishicha, mamlakat Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Ukraina boʻyicha tinchlik muzokaralariga kelsa, xalqaro jinoyat sudi orderiga qaramasdan immunitet taqdim etadi.
“Maʼlum sharoitlarda Putinga Shveysariyaga tashrif buyurishga ruxsat berilishi mumkin”, — dedi vazir.
Kassisga koʻra, hukumat oʻtgan yili xalqaro order ostidagi shaxslarga immunitet berish tartibini belgilab qoʻygan. Bu immunitet shaxs shaxsiy ish bilan emas, balki tinchlik anjumani uchun kelgan taqdirda qoʻllaniladi.
Eslatib oʻtamiz, 2023-yil mart oyida Xalqaro jinoyat sudi Vladimir Putin va Rossiyaning bolalar huquqlari boʻyicha vakili Mariya Lvova-Belovalarga nisbatan hibs orderi chiqargandi. Ularni Ukrainadan okkupatsiya qilingan hududlardan bolalarni noqonuniy ravishda Rossiyaga deportatsiya qilishda ayblashmoqda.
Shveysariya Xalqaro jinoyat sudining toʻlaqonli aʼzosi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring