Shveysariya begʻaraz koʻmak sifatida Oʻzbekistonga 1 milliondan ortiq tibbiy niqob taqdim etildi
Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashda mamlakatimiz saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida turli mamlakatlardan begʻaraz yordam sifatida shaxsiy himoya vositalari, tibbiy niqoblar va boshqa zarur vositalar taqdim etib kelinmoqda.
Shveysariya hukumati tomonidan begʻaraz koʻmak sifatida taqdim etilgan FFP2 markali 1 145 000 dona tibbiy niqoblar Oʻzbekistonga olib kelindi.
Tibbiy niqoblar koronavirusga qarshi kurashish doirasida Oʻzbekiston tibbiyot muassasalarining tibbiy taʼminot zaxiralarini mustahkamlashga koʻmaklashish maqsadida joʻnatilgan.
Toshkent aeroportida taqdim etilgan tibbiy niqoblar hukumat vakillari tomonidan qabul qilib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring