Shogirdlar shoir va olim xotirasini yod etishdi

Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU) hamda poytaxtdagi boshqa nufuzli oliy oʻquv yurtlarida tahsil olgan bir guruh ijodkorlar yurtimizning otashnafas shoiri Tilak Joʻra xotirasini yod olish uchun Qorakoʻl tumanidagi Sayyod qishlogʻida boʻldi.
— Ustoz Tilak Joʻraning hayoti, ijodi yoshlar uchun oʻziga xos ibrat maktabidir, — deydi shoir va tarjimon, “Doʻstlik” ordeni sohibi Zikrilla Neʼmat Vafoiy. — Uning bitiklari ona-yurtga, milliy qadriyatlarimizga chuqur mehr-muhabbat, sadoqat ruhi bilan sugʻorilgan. Sheʼrlarida samimiyat bor. Bu oʻrinda “Oʻzbekiston” sarlavhali sheʼridagi “Chayqalib yotibdi nurli bir chaman, Yulduzday sochilib olamga shoni. Fidoyi oʻgʻilman, yonib oʻpaman Olam ostonasi – Oʻzbekistonni”, degan misralarni eslashning oʻzi kifoya.
Ijodkorlar taniqli shoir va olimning oilasi tomonidan tashkil etilgan moʻjaz uy-muzeyida boʻlib, adibning rafiqasi Kumush aya va uning farzandi bilan suhbatlashdi. Shoir bilan bogʻliq nurli xotiralar uygʻondi. Sheʼrlari yod aytildi. Bu goʻshani chinakam uy-muzeyga aylantirishda tuman hokimligi boshchiligidagi savobtalab insonlarning saʼy-harakati zarurligi yuzasidan fikr-mulohaza almashindi. Ijodkorlar shoir mangu qoʻnim topgan qabristonda adib ruhiga Qurʼon tilovat qildi.
Istam IBROHIMOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Dollar kursi tushishda davom etmoqda
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring