Shimoliy Koreyaning har qanday yadroviy provokatsiyasi rejimning qulashiga olib keladi — Jo Bayden

Foto: Reuters
Shimoliy Koreyaning har qanday yadroviy provokatsiyasi rejimning qulashiga olib keladi.
Ushbu soʻzlarni AQSH prezidenti Jo Bayden Oq uyda Janubiy Koreya prezidenti Yun Suk Yol bilan qoʻshma matbuot anjumani chogʻida aytib oʻtdi. Shu oʻrinda Bayden Janubiy Koreya rahbariyatini AQSH har tomonlama qoʻllab-quvvatlashiga ishontirdi.
“Shimoliy Koreyaning AQSH, uning ittifoqchilari yoki hamkorlariga qarshi yadroviy hujumi qabul qilib boʻlmaydi va bunday chora koʻrgan har qanday rejimning barham topishiga olib keladi”, dedi Bayden.
Janubiy Koreya prezidenti Yun Suk Yol Shimoliy Koreyaning hujumiga javob tezkor, kuchli boʻlishini va barcha vositalarni, jumladan, AQSH yadroviy qurolini ham oʻz ichiga olishini qoʻshimcha qildi.
Bayden Oq uyda Yuk Suk Yolni hurmat bilan qabul qildi. Har ikki yetakchi ikki davlat oʻrtasida “buzilmas ittifoq” boʻlishini taʼkidlab, Shimoliy Koreyaga qarshi harbiy hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha shartnoma imzoladi.
Seulning oʻz yadro quroliga ega boʻlmaslik haqidagi vaʼdasi evaziga Qoʻshma Shtatlar birinchi marta Janubiy Koreyaga Shimoliy Koreya bilan ziddiyat yuzaga kelganda yadro qurolidan foydalanishni strategik rejalashtirishda markaziy rolni beradi.
“New York Times” gazetasining yozishicha, AQSH rasmiylari har ikki tomon Vashington deklaratsiyasi deb atalayotgan kelishuv Janubiy Koreya prezidentining shu hafta AQSHga qilgan davlat tashrifining asosi boʻlganini taʼkidlashgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring