Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryoga tashrifi davomidagi soʻnggi manzili Tadbirkorlar va hunarmandlar markazi boʻldi
Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Guliston shahrida qurilayotgan Tadbirkorlar va hunarmandlar markazini borib koʻrdi.
Bu yerda tadbirkorlikka qiziqqan insonlarga huquqiy maslahatlar berib, biznesini boshlashiga koʻmaklashish, yoshlarga hunar oʻrgatish yoʻlga qoʻyiladi, mahsulotlar koʻrgazmalari oʻtkaziladi.
Markaz “Doʻstlik” kanali boʻyida joylashgani unga yanada fayz bergan. Hudud obodonlashtirilib, soʻlim xiyobon tashkil etilgan. Manzarali daraxtlar ekilgan. Piyodalar va velosiped yoʻlaklari, favvoralar barpo etilgan. Oʻrindiqlar yoniga kitob jovonlari ham qoʻyilgan.
Umuman aytganda, bu yer nafaqat biznes, balki madaniyat, turizm maskaniga ham aylanadi.
Davlatimiz rahbari shu yerda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan muloqot qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryo viloyatiga tashrifi yakunlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring