Shavkat Mirziyoyev YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi O‘zbekistonda o‘tkazilishiga munosabat bildirdi
Ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqi nomidan va shaxsan o‘z nomimdan barcha xorijiy do‘stlarimiz va sheriklarimizga YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini 2025 yilda qadim Samarqandda o‘tkazish to‘g‘risidagi tarixiy qarorni qo‘llab-quvvatlagani uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.
Mintaqamizda birinchi marta o‘tadigan ushbu muhim global miqyosdagi tadbir xalqaro hamjamiyatga O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlarining ulkan sivilizasion salohiyatini yana bir bor namoyish etishga xizmat qiladi, deb ishonaman.
O‘z navbatida, O‘zbekiston bo‘lajak sessiyani eng yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish uchun barcha kuchini safarbar etadi, deyiladi Prezident murojaatida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring