Shavkat Mirziyoyev Uzbekistan GTL majmuasining ochilish marosimida ishtirok etmoqda

15:27 25 Dekabr 2021 Siyosat
1332 0

Foto: Халқ сўзи

Shavkat Mirziyoyev Uzbekistan GTL majmuasining ochilish marosimida ishtirok etib, nutq soʻzlamoqda.

Davlat rahbari mamlakatimiz sanoatida yana bir yorqin sahifa ochayotgan ulkan voqeaga guvoh boʻlishdan mamnun ekanini bildirdi:

— Oʻz bagʻrida noyob boyliklarni asrab kelayotgan Gʻuzor tumanida suyultirilgan sintetik mahsulotlar ishlab chiqaradigan “GTL” zavodi ishga tushirilmoqda.

Albatta, bunday ulkan majmuaning qurilishi keyingi yillarda mamlakatimizda sanoat rivojini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha amalga oshirayotgan siyosatimiz natijasi, desak, toʻgʻri boʻladi. Sizlarga yaxshi maʼlumki, ana shunday saʼy-harakatlarimiz tufayli yakunlanayotgan 2021-yilning oʻzida mamlakatimizda qator yirik loyihalar amalga oshirildi.

Jumladan, “Navoiyazot”da ammiak, karbamid va azot kislotasi ishlab chiqaradigan majmualar, Navoiy kon-metallurgiya kombinatida beshinchi va yettinchi gidro-metallurgiya zavodlari, Karmanada birinchi quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi.

Respublikamiz boʻyicha elektr energiyasi hisobini yuritish va nazorat qilish tizimi ish boshlagani ham ana shunday katta ishlarimiz qatoriga kiradi. Bugun ishga tushirilayotgan zavod oʻzining noyob texnologik ustunliklari va yuqori ishlab chiqarish quvvati bilan ana shu loyihalardan alohida ajralib turadi, desak, ayni haqiqatni aytgan boʻlamiz.

Bunday yirik majmua shu paytgacha jahonda faqat 4 ta davlatda — Qatar (2 ta), Nigeriya, Janubiy Afrika Respublikasi va Malayziyada barpo etilgani ham bu fikrni tasdiqlaydi.

Ushbu majmua qurilishida bir vaqtning oʻzida 13 mingdan ortiq muhandis va ishchi-quruvchilar qatnashgani bu yerda qisqa muddatda naqadar keng koʻlamli ishlar amalga oshirilganini koʻrsatadi. Zavodda Yaponiya, Koreya, Singapur, AQSH, Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Xitoy kabi 24 ta davlatdagi 130 ga yaqin yetakchi korxonalarda ishlab chiqarilgan 10 mingdan ziyod uskunalar oʻrnatildi, — Shavkat Mirziyoyev.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер