Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga taʼziya yoʻlladi
Xitoy janubi-gʻarbidagi Shigasze shahri Dinji uyezdida kuchli zilzila oqibatida koʻplab odamlar hayotdan koʻz yumgani va jarohat olgani munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga taʼziya yoʻlladi.
Davlatimiz rahbari halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez orada shifo topishini tiladi.
Avvalroq kuchli zilzila Tibetda kamida 53 kishining hayotiga zomin boʻlgan, koʻplab odamlar jarohatlangan va vayronalar ostida qamalib qolgani haqida xabar berilgan edi.
Xitoy rasmiylarining maʼlum qilishicha, zilzila Nepal poytaxti Katmandu va Hindiston shimolida ham sezilgan.
Rasmiy Sinxua axborot agentligi tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha mintaqaviy shtabga tayanib, seshanba kuni sodir boʻlgan zilzila oqibatida 62 kishi jabrlangani haqida xabar berdi. Xitoyning gʻarbiy qismidagi mintaqa va qoʻshni Nepal davlatida oʻnlab yer silkinishlari sodir boʻlgan.
Vayronalar ostidan odamlarni qidirish uchun 1500 ga yaqin oʻt oʻchiruvchi va qutqaruvchi jalb qilingan. Xitoy zilzila tarmoqlari markazi maʼlumotlariga koʻra, 6,8 magnitudali zilzila kuzatilgan.
Nepalning Himoloy mintaqasidagi Everest togʻi yaqinidagi Lobuche atrofidagi hududlar ham zilzila oqibatida larzaga kelgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring