Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga joʻnab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 30-avgust kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari 31-avgust - 1-sentabr kunlari Tyanszin shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va "SHHT plyus" formatidagi uchrashuvda ishtirok etadi.
SHHT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni ustuvor yo‘nalishlarda yanada rivojlantirish va tashkilot faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.
Tyanszin deklaratsiyasi, qo‘shma hujjat va qarorlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston yetakchisi 2-sentabr kuni Pekin shahrida XXR Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar, shuningdek, xorijiy delegatsiyalar rahbarlari va Xitoyning ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
3-sentabr kuni davlatimiz rahbari Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring