Shavkat Mirziyoyev: “2026-yilgacha kambagʻallikni 2 barobarga qisqartirish koʻzda tutilmoqda”
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining Oʻzbekiston Respublikasi saylangan Prezidentining lavozimiga kirishishiga bagʻishlangan qoʻshma majlisida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzladi.
Taʼkidlanganidek, byudjet va tashqi qarz barqarorligini taʼminlash, mahalliy byudjetlarning imkoniyatlarini kengaytirishga birinchi darajali eʼtibor qaratiladi.
«Tadbirkorlik faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash, soliq yukini kamaytirish, hammaga teng boʻlgan biznes muhitini va zarur infratuzilma yaratish boʻyicha boshlagan islohotlarimizni qatʼiy davom ettiramiz.
Davlat korxonalarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish iqtisodiyotni isloh etishning ustuvor vazifalaridan biri boʻlib qoladi.
Erkin raqobatga asoslangan bozorni yaratish hisobidan, aholi va tadbirkorlar energiya resurslari bilan kafolatli taʼminlanadi.
Aholi bandligini taʼminlash, yoshlar va ishsiz fuqarolarni davlat hisobidan malakali kasb-hunarga oʻqitish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, ehtiyojmand aholini manzilli qoʻllab-quvvatlash orqali, 2026-yilgacha kambagʻallikni 2 barobarga qisqartirish koʻzda tutilmoqda», — dedi Prezident.
Rahim SHERQULOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring