Shahar va tumanlardagi markaziy park va xiyobonlarda “Ochiq osmon ostida kutubxona”lar tashkil qilinadi
Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz, Shahrisabz, Qoʻqon kabi turistik majmualarda, shahar va tumanlardagi markaziy park va xiyobonlarda “Ochiq osmon ostida kutubxona”lar tashkil qilinadi.
Shu bilan birga, oʻz hisobidan kutubxona barpo etayotgan tashabbuskorga 1 mingtadan oʻzbek va jahon adabiyotining durdona asarlari olib beriladi. Ular davlat hisobidan kompyuter bilan jihozlanib, Milliy kutubxona bazasiga ulanadi.
1-maydan yoshlar, talabalar, maktab oʻquvchilari oʻrtasida soʻrovlar oʻtkazib, ular koʻp ovoz bergan kitoblarni oʻzbek tiliga tarjima qilish boʻyicha davlat buyurtmasi joriy qilinadi. Xususiy nashriyotlarga bu borada kreditlar foizini qoplab berish, garov taʼminoti boʻyicha yengilliklar beriladi.
Mutasaddilarga har bir tumanda “daftar”ga kirgan 100 nafardan yoshlarning ichki turistik sayohatlarini tashkil qilish topshirildi.
Joriy yildan boshlab yoshlar oʻrtasida “Kasb-hunar olimpiadalari” oʻtkazilishi taʼkidlandi. Misol uchun, oshpaz, konditer, stilist, dizayner, hunarmandlar oʻrtasida olimpiada oʻtkaziladi va gʻoliblarga ustaxonalar qurib beriladi, zarur dastgohlar olib beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring