Sergelida yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, beton toʻsiqqa borib urildi
Toshkent shahri Sergeli tumanida yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Vaziyat yuzasidan poytaxt IIBB YHXB maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, mazkur yoʻl-transport hodisasi shu yilning 27-fevral kuni soat 16:30 larda Sergeli tumani Sergeli yoʻli koʻchasida sodir boʻlgan.
Unda 1994-yilda tugʻilgan haydovchi Sh.I. boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk avtotransport vositasining rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻlni ajratib turuvchi beton toʻsiqqa borib urilgan.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, mazkur YTH oqibatida tan jarohat olganlar aniqlanmagan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tegishli ishlar amalga oshirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring