Serbiyada prezidentga suiqasd qilishga urinishda gumonlanganlar ushlandi

18:16 24 Fevral 2026 Dunyo
1266 0

Serbiyada xavfsizlik va axborot agentligi hamkorligida oʻtkazilgan maxsus operatsiya davomida mamlakat prezidentiga suiqasd qilishga urinishda ayblanib, ikki nafar shaxslar qoʻlga olindi.

Mamlakat ichki ishlar vazirligi bergan maʼlumotlarga koʻra, Kralevo shahrida Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va uning oila aʼzolariga suiqasd uyushtirishga urinishda gumon qilingan ikki kishi hibsga olingan.

Serbiya politsiyasi gumonlanuvchilar 48 soatgacha hibsda saqlanishi hamda jinoiy shikoyat berilgandan soʻng, Kralevodagi oliy prokuraturaga olib borilishini bildirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер