Serbiya oʻzbekistonlik migrantlar uchun viza rejimini yengillashtirishi mumkin

Ayni vaqtda Serbiya davlatida boʻlib turgan Oʻzbekiston TIV rahbarining oʻrinbosari Olimjon Abdullayev boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi Serbiya Ichki ishlar vazirligi davlat kotibi Vladan Zagrajanin bilan muzokaralar oʻtkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Mazkur muzokaralarda Serbiya mehnat, bandlik, faxriylar va ijtimoiy masalalar vaziri Nemanya Starovich, Tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Nikola Stoyanovich ham ishtirok etdi.
Taʼkidlanishicha, tadbir chogʻida tashqi mehnat migratsiyasi, viza tartibini soddalashtirish, shuningdek, Serbiyada mehnat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.
“Migratsiya va mobillik sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimni ishlab chiqish hamda imzolash toʻgʻrisida kelishuvga erishildi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, tomonlar iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, xususan, ikki davlat oʻrtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni faollashtirish uchun shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirishga kelishib olishgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring