Senatorlar tumanda oʻrganishlar olib bordi
Joriy yilning 27-noyabr kuni Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi Ye. Gadoyev hamda Qoʻmita raisi oʻrinbosari K. Tursunov Qoraqalpogʻistonning Qoraoʻzak tumanida boʻlib, aholi, xotin-qizlar va yoshlar bandligini taʼminlash, ularni qoʻllab-quvvatlash hamda mahalla hayotidagi ijtimoiy faollikni oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʻrgandi
Dastlab senatorlar tumandagi pomidor yetishtirishga ixtisoslashgan issiqxonada boʻlib, ekin parvarishi jarayonlari, yaratilgan mehnat sharoitlari va mavjud ish oʻrinlari boʻyicha mutasaddilardan maʼlumot oldi. Ushbu loyiha xotin-qizlar va yoshlarning mehnatga jalb etilishida muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.
Shundan soʻng senatorlar “Madaniyat” mahallasida boʻlib, mahalla raisi, faollar, xotin-qizlar hamda yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda xotin-qizlarning bandligi, ularni kasb-hunar oʻrganishga jalb etish, yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash masalalari hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yoʻllari muhokama qilindi.
Muloqot yakunida senatorlar mahalla faollari va tuman masʼullariga aholi, xotin-qizlar va yoshlar bandligini taʼminlash, ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash hamda tumanda iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirishga doir oʻz taklif va tavsiyalarini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring