Senatorlar tomonidan tibbiyot va farmasevtikaga oid qonunni takomillashtirish maqsadga muvofiq deb hisoblandi

Foto: Akmal Muhammadov, Davronbek Ernazarov / “Xalq so‘zi”
Senatning 9-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholiga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmiga kiradigan xizmatlarni ko‘rsatish, shuningdek tibbiyot va farmasevtika xodimlarining kasbiy faoliyatini amalga oshirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.
Qonunga asosan oliy yoki o‘rta maxsus, professional tibbiy ta’lim tashkilotlarini tamomlagan va davlat ro‘yxatidan o‘tgan shaxslargina tibbiyot va farmasevtika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari, unda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmidan ortiqcha tibbiy xizmatlar va boshqa xizmatlar qo‘shimcha xizmatlar bo‘lib, ular pulli asosda amalga oshirilishi belgilanmoqda.
Muhokama jarayonida senatorlar tomonidan ushbu Qonunda qayta ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan ayrim masalalar mavjudligi ta’kidlandi.
Jumladan, tibbiyot va farmasevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning asosiy tartib-taomillarini qonun darajasida belgilash maqsadga muvofiqligi, qonunga tibbiyot va farmasevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish maqsadi, asoslari, ro‘yxatdan chiqarish asoslari, bu harakatlarning oqibatlari, shuningdek, ro‘yxatning ochiq bo‘lishi, undan aholi foydalanishi kabi masalalarni kiritish lozimligi qayd etildi.
Bundan tashqari, “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasida ma’muriy tartib-taomillarning mavjud emasligi ma’muriy tartib-taomillar bilan bog‘liq bo‘lgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar jumlasiga kiritilgan.
Shularni inobatga olib, ushbu Qonunni qayta ko‘rib chiqish lozimligi to‘g‘risida Senat qarori qabul qilindi.
Foto: Akmal Muhammadov, Davronbek Ernazarov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring