Senatorlar Oʻzbekistonning qator Yevropa davlatlaridagi elchilari hisobotlarini eshitdi

20:14 10 Mart 2026 Siyosat
301 0

Joriy yilning 10-mart kuni Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasining kengaytirilgan majlisi boʻlib oʻtdi.

Unda senatorlar, vazirlik va idoralar, hokimliklar rahbarlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari raislari, shuningdek ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Majlisda Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya, Belgiya Qirolligi, Italiya va Ispaniyadagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiya va grantlarni jalb qilish, eksportni kengaytirish va yangi bozorlarni ochish va turistlar oqimini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha hisobotlari eshitildi.

Muhokama davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 15-yanvar kuni Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati masalalariga bagʻishlangan videoselektorda xorijdagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlariga tashqi aloqalarni yanada rivojlantirish, milliy manfaatlarni faol ilgari surish, iqtisodiy diplomatiyani kuchaytirish boʻyicha berilgan topshiriqlar va ustuvor vazifalar oʻz vaqtida bajarilishiga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, mamlakatimizga xorijiy investitsiya, grant va texnologiyalarni jalb qilish, xududlararo iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, transport-logistika yoʻlaklarini ishga solish, yetakchi xorijiy universitetlarining filiallarini ochish, qonuniy mehnat migratsiyasini diversifikatsiya qilish, xorijda vaqtincha boʻlib turgan fuqarolarimizning xuquq va manfaatlarini tizimli himoya qilish muhimligi taʼkidlandi.

Bu borada diplomatik vakolatxonalarning vazirlik va idoralar, hokimliklar hamda mahalliy Kengashlar bilan hamkorligini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Muhokama yakunlari boʻyicha Qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер