Senatorlar oliy taʼlim muassasalari rahbarlari bilan muloqot oʻtkazdi
Bugungi kunda internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti dekan oʻrinbosari hamda talaba qiz oʻrtasida boʻlib oʻtgan hodisa toʻgʻrisida tarqalgan xabarlar jamoatchilikning jiddiy tanqidiga sabab boʻlmoqda.
Bunday holatlarning yuz berishi qadriyatlarimizga tamomila zid xatti-harakatlar boʻlib ayniqsa uning taʼlim dargohida yuz berganligi juda achinarli holat, albatta.
Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi hamda Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitalari tomonidan kelgusida bunday noxush holatlarning oldini olish maqsadida respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirokida videokonferensaloqa shaklida davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbatida oliy taʼlim muassasalarida pedagog xodimlarning oʻzini tutishlari, odob-axloq qoidalariga rioya qilgan holda faoliyat yuritishlari, talabalar bilan muloqotda ularga zoʻravonlik qilishlari, tazyiq oʻtkazishlari, jamiyatda yurish-turish qoidalariga zid ravishda nojoʻya xatti-harakatlar qilishlari taʼlim tizimi xodimlari uchun sharmandali holat ekanligi, buning oqibatida har bir aybdor shaxs javobgarlikka tortilishi haqida mehnat jamoasi oʻrtasida doimiy tushuntirish ishlarini olib borish zarurligi taʼkidlandi.
Shuningdek, senatorlar tomonidan talabalarga ham bunday noxush holatlar yuz berganda zudlik bilan ishonch telefonlari yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishlari kerakligi tushuntirildi.
Davra suhbatida oliy taʼlim muassasalari rektorlari soʻzga chiqib, talabalarning xavfsizligi uchun oliy taʼlim muassasasining har bir xodimi masʼul ekanligi, ularga nisbatan nojoʻya xatti-harakatlar qilishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha qatʼiy choralar koʻrishlari, bunda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish lozimligini maʼlum qilishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring