Senatorlar «Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida»gi Qonunni maʼqulladi
Oliy Majlis Senatining yettinchi yalpi majlisida «Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida»gi Qonun koʻrib chiqildi.
Qonun, avvalo, ijtimoiy hayotimizda baʼzan uchrab turadigan, tabiatimizga yot boʻlgan, yoshlarimizning sogʻlom voyaga yetishlariga nojoʻya taʼsir koʻrsatadigan ichkilikbozlik, giyohvandlik yoki zaharvandlik kabi inson xulq-atvoriga zid illatlarni bartaraf etishga yoʻnaltirilganligi bilan ahamiyatga molik.
Qonunda birinchi navbatda psixoaktiv moddalarning tarqalishiga va notibbiy isteʼmol qilinishiga, shu jumladan alkogolni suiisteʼmol qilish sabablari hamda shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan ijtimoiy, maʼrifiy hamda tibbiy-psixologik tadbirlar kompleksini amalga oshirish koʻzda tutilgan.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari narkologik kasalliklarga chalingan, shu jumladan, gʻayriijtimoiy xulq-atvorga moyil shaxslarni profilaktik hisobga olishni amalga oshirishda ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlariga koʻmaklashishi belgilangan.
Qonunda narkologik kasallikka chalingan shaxsni majburiy davolashga yuborish toʻgʻrisidagi qaror uning yashash joyidagi yoki narkologiya muassasasi joylashgan yerdagi sud tomonidan yigirma kunlik muddatda, ushbu shaxs hozirligida qabul qilinishi koʻrsatib qoʻyildi.
Mahalliy davlat hokimiyati, mehnat organlari davolanib chiqqanlarni ishga joylashtirish hamda maishiy turmushga moslashishida koʻmaklashish huquqiy mustahkamlandi.
Qonunga koʻra, davlat ambulatoriya va statsionar sharoitlarda bunday bemorlarga maslahat berish-tashxis qoʻyilishini, davolashni, psixoprofilaktik, reabilitatsiyaviy, ijtimoiy yordam koʻrsatilishini kafolatlaydi.
Narkologiya dispanserlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, shuningdek, mamlakatning yirik shaharlarida respublika, viloyat, shahar yoki tumanlararo darajada mustaqil davolash-profilaktika muassasalari sifatida tashkil etilishi, qolaversa, ambulatoriya sharoitlaridagi narkologik yordam tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari tuzilmasida tashkil etilgan narkologiya kabinetlari tomonidan koʻrsatilishi belgilangan.
Senat aʼzolari mazkur Qonunni maʼqullash toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring