Senatorlar Namanganda “Isteʼmolchilar uyi” foydalanishga topshirish tantanali tadbirida qatnashdi
Namangan viloyati hokimligi koʻmagida “Shabnam betakror qurilish” MCHJ tomonidan Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Namangan viloyat hududiy birlashmasi uchun moʻljallangan “Isteʼmolchilar uyi” maʼmuriy binosi bunyod etildi va tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi aʼzolari Odiljon Mamatkarimov va Ikrom Najmiddinov ushbu tadbirda qatnashdi.
Senatorlar oʻz chiqishlarida mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli islohotlarga toʻxtalib oʻtdi va ushbu loyiha aholining huquqiy xabardorligini oshirishda hamda murojaatlar bilan samarali ishlashda muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.
Tadbir ishtirokchilarining fikricha, “Isteʼmolchilar uyi” nafaqat murojaatlarni malakali koʻrib chiqish, balki aholida huquqiy madaniyatni yuksaltirish maydoniga aylanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring