Senator qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalariga bagʻishlangan xalqaro seminarda ishtirok etdi
Turin politexnika universitetida qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalariga bagʻishlangan xalqaro seminar boʻlib oʻtdi.
Tadbirda vazirlik va idoralar vakillari, soha mutaxassislari hamda Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Sayyora Abdikarimova ishtirok etdi.
Seminarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, quyosh va shamol elektr stansiyalari tizimlarini loyihalash, resurslarni baholash, energetika obyektlarini optimallashtirish masalalari muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston 2030-yilga qadar elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmining kamida 40 foizini qayta tiklanuvchi manbalar hisobiga taʼminlashni maqsad qilgan. Bu yiliga 25 mlrd kub metr tabiiy gazni tejash va atmosferaga chiqindilarni 34 mln tonnaga kamaytirishga xizmat qiladi.
Seminar doirasida “ACWA Power Uzbekistan” kompaniyasining investitsion loyihalari boʻyicha taqdimot oʻtkazildi, xorijiy ekspertlar tomonidan “yashil vodorod” ishlab chiqarish, energiya saqlash tizimlari va dekarbonizatsiya boʻyicha ilgʻor tajribalar taqdim etildi.
Bu borada olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlariga bagʻishlangan maʼruzalar eshitildi, shuningdek, tizimni yanada takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring