Senator Xorazm viloyatida uchrashuvlar oʻtkazdi

17:04 16 Sentyabr 2025 Siyosat
100 0

Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Sayyora Abdikarimova Xorazm viloyatida uchrashuvlar oʻtkazdi.

Uchrashuvlarda Senatning oʻninchi yalpi majlisida maʼqullangan qonunlar va koʻrilgan masalalar mazmun-mohiyati hamda yoshlar bandligini taʼminlash masalalari muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, global oʻzgarishlar sharoitida inson huquq va manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy barqarorlikni saqlash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga jiddiy eʼtibor qaratish muhim vazifalar hisoblanadi.

Senator Hazorasp tumanidagi 30-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Bogʻi era maktabiga suv keldi” hamda 42-sonli maktabda “Suv keltirgan aziz” loyihalari amalga oshirilish jarayonlari bilan ham tanishdi.

Shuningdek, Urganch shahrida aholi va yoshlarning bandligini taʼminlash hamda mavjud muammolarni joyida hal etishga qaratilgan ishlar bilan ham tanishdi. Bugungi kunda 156 mingdan ziyod aholi istiqomat qilayotgan shaharda ishsizlik darajasi 4,8 foizni tashkil etayotgani qayd etildi. Ishsiz fuqarolarning murojaatlari eshitilib, ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Shu bilan birga, senator xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari kotibiyatlari rahbarlari, siyosiy partiya vakillari bilan muloqot qildi. Muloqot mobaynida tuman va shaharlarda “Korrupsiyadan xoli hudud” tamoyili asosida “yoʻl xaritalari” hamda kompleks dasturlar ijrosi haqida fikr yuritildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер