Senator “Ijodkor ayollar: gʻoyalar, ixtirolar va yutuqlar yoʻlida” mavzusidagi seminarda ishtirok etdi
Senatning yoshlar, xotin qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi Malika Kadirxanova poytaxtimizda oʻtkazilgan “InnoWeek–2025” xalqaro innovatsiyalar haftaligi doirasida “Ijodkor ayollar: gʻoyalar, ixtirolar va yutuqlar yoʻlida” mavzusidagi seminarda ishtirok etdi.
Tadbirda sohaga daxldor vazirlik va idoralar vakillari, ilmiy-tadqiqot muassasalari mutaxassislari, ilm-fan va innovatsiyalar yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar hamda yosh ijodkorlar qatnashdi.
Seminar davomida maʼruzachilar xotin-qizlarning innovatsion jarayonlardagi faol ishtirokini taʼkidlab, ularning jamiyat taraqqiyotidagi muhim rolini qayd etdilar, shuningdek, axborot va yuqori texnologiyalar davrida ijodiy yondashuvning ahamiyatiga eʼtibor qaratdi
Xotin-qizlarning har bir fikri yangilanish sari tashlangan qadam, har bir tashabbusi jamiyat rivoji uchun yangi imkoniyat ekani taʼkidlandi.
“InnoWeek-2025” xalqaro haftaligi ilm-fan, ijod va hamkorlikni birlashtirgan ochiq muloqot maydoni boʻlib, ishtirokchilarga oʻzlarining innovatsion gʻoyalari va amaliy tajribalarini namoyon etish imkonini berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring