Senator YXHT Parlament Assambleyasining Terrorizmga qarshi kurashish maxsus qoʻmitasining navbatdagi majlisida ishtirok etdi

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Joriy yilning 21-22-mart kunlari Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi Ravshanbek Alimov Shveysariyaning Jeneva va Bern shaharlarida boʻlib oʻtgan YXHT Parlament Assambleyasining Terrorizmga qarshi kurashish maxsus qoʻmitasining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.
Majlis davomida terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish yuzasidan fikr almashildi, shuningdek, Maxsus qoʻmita aʼzolarining BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari Boshqarmasi, Xalqaro qizil Xoch Qoʻmitasi, Jeneva xavfsizlik siyosati markazi hamda Shveysariya parlamenti, Federal va terrorizmga qarshi kurash uchun masʼul boʻlgan mamlakatning kantonal politsiyasi vakillari bilan bir qator uchrashuvlari boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvlarning asosiy maqsadi YXHT PA Maxsus qoʻmitasi va Shveysariyada akkreditatsiyadan oʻtgan muhim xalqaro tuzilmalar va tashkilotlar bilan terrorizmga qarshi kurash kontekstida oʻzaro hamkorlik amaliyotini oʻrganish hamda bu boradagi huquqlarni himoya qilish jihatlari yuzasidan fikr almashishdan iborat edi.
Maxsus qoʻmita majlisi doirasida ishtirokchilar respublikamizning terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish tajribasi bilan tanishtirildi. Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarini demokratlashtirish va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, shuningdek, yosh avlod oʻrtasida ekstremizm mafkurasining dastlabki shart-sharoitlarini tizimli ravishda bartaraf etishga qaratilgan davlat taʼlim dasturlari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Oʻzbekiston senatori respublika tomonidan inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarga rioya etilishi holati toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlarda sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, demokratik institutlarni mustahkamlash borasidagi hamkorlikni mustahkamlash, qoʻshma dastur va loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif doirasida Shveysariya Federal Majlisi (parlamenti) Xalqaro hamkorlik departamenti rahbari, Elchi K. Fisher bilan ham uchrashuv boʻlib oʻtdi. Parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xorijiy tomon 2020-yil 28-oktyabr kuni Bern shahrida Shveysariya parlamenti Kantonlar kengashi raisi X.Shtyokli va Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi T. Narbayeva xonim bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvning muhimligini qayd etdi.
Tomonlar Oʻzbekiston-Shveysariya munosabatlari mustahkam poydevorga ega ekani haqida yakdil fikrga kelishib oldilar: diplomatik munosabatlar oʻrnatilganidan buyon oʻtgan 30 yil ichida mamlakatlar oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar yuqori darajaga koʻtarilgan.
Ikki tomonlama kelishuvlarning amaliy ijrosini taʼminlash, turli darajadagi oʻzaro manfaatli savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirish uchun parlamentlarning oʻzaro hamkorligi resursidan foydalanishga boʻlgan talab yuqori ekanligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring