Senator Buxoro viloyatida xalq vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi E. Gadoyev Buxoro viloyatida boʻlib, Senatning oʻn birinchi yalpi majlisida koʻrib chiqilgan masalalar va maʼqullangan qonunlarning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazish maqsadida navbatdagi uchrashuvni oʻtkazdi.
Maʼlumki, joriy yil 31-oktyabr – 1-noyabr kunlari boʻlib oʻtgan yalpi majlisda senatorlar 15 ta masalani, jumladan 14 ta qonunni batafsil muhokama qilgan edi. Tashkil etilgan senator uchrashuvida ushbu qonunlarning ahamiyati, ularning ijrosini taʼminlashda mahalliy Kengashlar hamda jamoatchilikning oʻrni yuzasidan fikr almashildi.
Tadbirda viloyat va Buxoro shahar Kengashlari deputatlari, Kengash kotibiyatlari mutaxassislari, yoshlar maslahati guruhi aʼzolari, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv chogʻida mamlakatda iqtisodiy oʻsishni qoʻllab-quvvatlash, mahalliy boshqaruv tizimini takomillashtirish va yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish kabi bir qator ustuvor yoʻnalishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, Senat yalpi majlisida maʼqullangan qonunlarni hududlarda samarali amalga oshirish, aholi turmush darajasini oshirish hamda hududlarni barqaror rivojlantirishga qaratilgan amaliy takliflar ilgari surildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring