Senator Boku shahrida xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi A.Eshmuratov Boku shahrida “Haydar Aliyev – suveren Ozarbayjonning Konstitutsiyasi va parlamentarizm asoschisi” mavzusida boʻlib oʻtgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
Tadbir Ozarbayjon Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi va Milliy Mejlis tashkil etilganining 107 yilligiga bagʻishlandi.
Anjuman davomida Haydar Aliyevning Ozarbayjon davlatchiligini mustahkamlash borasidagi xizmatlari, Konstitutsiyaning mamlakat huquqiy va institutsional rivojlanishidagi oʻrni va ahamiyati alohida taʼkidlandi.
Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi strategik sheriklik izchil rivojlanayotgani, parlamentlararo muloqot va tajriba almashish mexanizmlarini yanada mustahkamlash boʻyicha ikki tomonlama intilishlar yuqori baholandi.
Tadbir doirasida delegatsiya aʼzolari Ozarbayjon Respublikasi Milliy Mejlisi Raisining oʻrinbosari Ziyafet Askerov bilan uchrashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring