Senator “BeWOMAN ASIA” forumida ishtirok etdi

20:06 30 Sentyabr 2025 Siyosat
442 0

Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi Gulnora Marufova Qozogʻistonning Olmaota shahrida “BeWOMAN ASIA” Markaziy Osiyo forumida ishtirok etdi.

Mazkur tadbirda 20 ta davlat, shu jumladan UNESKO, UNISEF, BMT, YEXHT va UN Woman kabi nufuzli xalqaro tashkilotlarning 100 dan ortiq vakillari qatnashdi.

Forum ayollar yetakchiligi, gender tenglik va barqaror rivojlanish masalalariga bagʻishlanib, mintaqadagi yetakchi siyosatchi, olim, tadbirkor va ekspertlarni bir maydonda jamladi.

Senator forumning “Markaziy Osiyo Renessansi: avlodlar kuchi” mavzusidagi birinchi yalpi sessiyasida qatnashdi. Oʻz chiqishida senator soʻnggi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan Oʻzbekistonda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va ularning jamiyatdagi oʻrnini oshirishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilayotganini taʼkidladi.

Oʻzbekiston qonunchiligi xalqaro standartlarga mos ravishda yaratilgani, gender tenglik va zoʻravonlikdan himoya qilishga oid muhim qonunlar qabul qilingani qayd etildi. Bunda davlat va jamiyat boshqaruvida ayollar ishtiroki kengaygan, shu jumladan qizlar va ayol olimalar uchun imkoniyatlar ortib bormoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер