Senator aholishunoslik va rivojlanish boʻyicha mintaqaviy konferensiyada ishtirok etdi

Joriy yil 3–5-sentyabr kunlari Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Baxrom Abdullayev Filippinning Manila shahrida BMT Aholishunoslik jamgʻarmasi (YUNFPA) tomonidan “Aholishunoslik va rivojlanish boʻyicha xalqaro konferensiya: Harakatlar dasturi va 2030-yilgacha rivojlanish maqsadlari boʻyicha majburiyatlarni amalga oshirish” mavzusida tashkil etilgan mintaqaviy konferensiyada ishtirok etdi.
Uning ishida 30 dan ziyod mamlakatlar parlamentlari aʼzolari, davlat idoralari va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.
Senator “Yoshlar siyosat markazida: barqaror rivojlanish yoʻlidagi islohotlar” mavzusida maʼruza qilib, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, gender tengligini taʼminlash va kam taʼminlangan oilalardan chiqqan qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasidagi tajriba haqida atroflicha maʼlumot berdi.
Tadbir doirasida ayollar huquqlari va gender tenglikni taʼminlash, yoshlar va sogʻlom turmush tarzi, aholi qarishi, demografik tahlil, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish hamda xalqaro majburiyatlarni bajarish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, aholishunoslik va rivojlanish sohasida mamlakatlar oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish, maʼlumot almashish mexanizmlarini takomillashtirish, eng yaxshi tajriba va innovatsion yondashuvlar taqdim etildi.
Senator “Kiberxavfsizlik: yosh foydalanuvchilar uchun Internetdagi xavf-xatarlar va zararli kontentlar” mavzusidagi ochiq muloqotda ham ishtirok etdi. Unda yoshlarning raqamli makonda himoyasi va xavfsiz onlayn muhit yaratish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, senatorning Filippin parlamenti Vakillar palatasida deputatlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda mamlakatimizdagi islohotlar va xalqaro tashabbuslar haqida maʼlumot berildi hamda parlamentlararo hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.
Anjuman yakunida yoshlarning siyosatdagi faol ishtirokini kengaytirish, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni taʼminlash hamda taʼlim sohasida raqamli platformalardan samarali foydalanish boʻyicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring