Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi majlisi boʻlib oʻtdi

14:57 14 Oktyabr 2025 Jamiyat
229 0

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda bir qator muhim qonunlar dastlabki tarzda koʻrib chiqildi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Xususan, muhokama qilingan “Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun mamlakatimiz tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olishning mutlaqo yangi mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutadi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Jumladan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga sovuq qurolni yoki u sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni olib yurish bilan bogʻliq huquqbuzarlikni bir yil davomida takroran sodir etganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda.

“Qurol toʻgʻrisida”gi Qonunga esa oilaviy (maishiy) zoʻravonlik uchun jinoyat sodir etgan shaxslarni fuqaroviy qurolni olish huquqidan mahrum etish hamda himoya orderi berilgan shaxslardan oʻqotar qurolni vaqtincha olib qoʻyishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Bundan tashqari, “Narkologik kasalliklar toʻgʻrisida”gi Qonunga majburiy davolanishga joylashtirish talablarini oʻzgartirish va olis hududlardagi tumanlararo tibbiy komissiyalarga majburiy davolashga muhtoj deb topish huquqini berishga doir qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, Qoʻmita majlisida “Harbiy xizmatchilarning, harbiy xizmatga majburlarning va safarbarlik chaqiruvi rezervida oylik yigʻinlarni oʻtayotgan shaxslarning moddiy javobgarligi toʻgʻrisida”gi Qonun ham muhokama qilindi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Senatorlar Qurolli Kuchlarni yanada rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan islohotlar, birinchi navbatda, xalqimizning xavfsizligi, tinchligi va osoyishtaligini taʼminlashga qaratilganini taʼkidladi. Bundan tashqari, Kompleks choralar natijasida milliy armiyamizning qiyofasi, qoʻshinlarning tayyorgarlik darajasi oʻzgarmoqda, infratuzilma va harbiy xizmatchilarning sharoitlari yaxshilanib, jangovar boʻlinmalar imkoniyatlari tobora kengayib bormoqda.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Shuningdek, Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi huzurida ekspertlar guruhining yangi tarkibi ham tasdiqlandi.

Muhokama yakunida koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan Qoʻmitaning tegishli qarorlari qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?